Arizalar 20-iyul 23:59 gacha qabul qilinadi.

Grant o‘rinlari tanlovida ishtirok etish va hujjatlarni yuborish uchun elektron platforma

Students collaborating

Grantlar haqida ma'lumot

Grant tanlov quyidagi komissiya orqali baholanadi

Akademik o‘zlashtirish ko‘rsatkichini aniqlash bo‘yicha komissiya

taʼlim grantiga talabgorlarning akademik o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini aniqlash uchun oliy taʼlim tashkiloti rektori tomonidan o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor raisligida 9 nafardan kam bo‘lmagan tarkibda tuziladigan komissiya

Ijtimoiy faollikni aniqlash bo‘yicha komissiya

Taʼlim grantiga talabgorlarning ijtimoiy faolligini aniqlash uchun oliy taʼlim tashkiloti rektori tomonidan yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha prorektor raisligida 9 nafardan kam bo‘lmagan tarkibda tuziladigan komissiya

Maxsus komissiya

Akademik zlashtirish ko‘rsatkichini aniqlash bo‘yicha komissiya hamda Ijtimoiy faollikni aniqlash bo‘yicha komissiya tomonidan taqdim etilgan natijalarni umumlashtirib, ko‘rib chiqish uchun oliy taʼlim tashkiloti rektori raisligida 9 nafardan kam bo‘lmagan tarkibda tashkil etiladigan komissiya

Mavjud grantlar

Oliy taʼlim tashkilotining taʼlim granti ajratilgan bakalavriat taʼlim yo‘nalishi (magistratura mutaxassisligi) bo‘yicha IKKINCHI va undan KEYINGI KURSLARDA tahsil olayotgan, taʼlim grantini qayta taqsimlashda ishtirok etish istagini bildirgan TALABA

To'liq
To'liq Grant
Bir o‘quv yili uchun berilib, o‘qitish harajati DAVLAT BYUDJETIDAN to‘liq qoplab beriladigan va umumiy tartibdagi STIPENDIYA BILAN TAʼMINLANADIGAN taʼlim granti
Qisman
To'liq bo'lmagan Grant
Bir o‘quv yili uchun berilib, to‘lov-kontrakt summasining 50 FOIZI Davlat byudjetidan qoplab beriladigan va umumiy tartibdagi stipendiya bilan TAʼMINLANMAYDIGAN taʼlim granti
Davlat
Qo'shimcha Davlat Granti
Oliy taʼlim tashkilotlarining bakalavriat taʼlim yo‘nalish-larida muayyan o‘quv yili yakuni bo‘yicha GPA ko‘rsatkichi 4 VA UNDAN YUQORI BO‘LGAN, Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan belgilanadigan toifadagi talabalarning (keyingi o‘rinlarda belgilangan toifadagi talabalar) navbatdagi o‘quv yili uchun o‘qitish harajati Davlat byudjetidan to‘liq qoplab beriladigan va umumiy tartibdagi STIPENDIYA BILAN TAʼMINLANADIGAN grant
OTM
Oliy ta'lim tashkiloti Granti
Moliyaviy mustaqillik berilgan oliy taʼlim tashkilotlari tomonidan ularda bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil oluvchi belgilangan toifadagi talabalarning GPA ko‘rsatkichi 3,3 dan 4 gacha bo‘lganda, ularning navbatdagi o‘quv yili uchun belgilangan to‘lovkontrakt summasining 20 FOIZDAN 80 FOIZGACHA bo‘lgan qismini ushbu oliy taʼlim tashkilotining byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qoplanadigan grant

Yordam kerakmi?

Bizning qo'llab-quvvatlash jamoamiz savollaringizga yordam berish uchun shu yerda

Bog'lanish uchun ma'lumot

Agar sizda grant dasturlarimiz haqida savollaringiz boʻlsa yoki arizangiz boʻyicha yordamga muhtoj boʻlsangiz, biz bilan bogʻlaning.

  • info@tersu.uz
  • 76 228 01 20
  • Termiz davlat universiteti

Ish vaqti

Dushanba - Shanba: 8:30 dan 17:00 gacha

Bizga xabar yuboring